Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent Markaziy Osiyo rahbarlarining yettinchi sammitiga mezbonlik qiladi
15–16 noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Sammitda mintaqadagi barcha davlatlar rahbarlari, shuningdek, Ozarboyjon Prezidenti va BMTning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari ishtirok etadi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Sammitda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, shuningdek, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze ishtirok etadi.
Tadbir kun tartibiga Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, ustuvor sohalarda qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish masalalari kiritilgan. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan.
Maslahat uchrashuvi yakunida ko‘p tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish kutilmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston yetakchisi tomonidan 2017 yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi.
O‘zbekistonning ushbu formatdagi raisligi davrida hamkorlikning turli sohalarini qamrab olgan 20 dan ortiq yirik tadbirlar o‘tkazildi.
Mavzuga oid
10:33
Toshkentda inson a’zolari noqonuniy transplantatsiyasiga aloqador shaxslar qo‘lga olindi
13:21 / 17.02.2026
Toshkentda Umra ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi
12:07 / 17.02.2026
Toshkentda yo‘l qoplamalari tekshirildi: ta’mirlanadigan hududlar ro‘yxati tuzildi
20:42 / 16.02.2026