Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 22 aprel kuni Ostona şahrida bölib ötayotgan Mintaqaviy ekologik sammitning oçiliş marosimida iştirok etdi.

Tadbirda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Möğuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Armaniston prezidenti Vaagn Xaçaturyan, Gurjiston boş vaziri Irakliy Kobaxidze va Ozarboyjon boş vaziri Ali Asadov hamda xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar rahbarlari ham qatnaşdi.

Özbekiston rahbari öz nutqida Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayevni sammitning muvaffaqiyatli taşkil etilgani bilan samimiy tabriklab, uning ekologik xavf-xatarlarning özaro boğliqligi va ularni birgalikda hal qiliş zarurligini özida mujassam etgan «Barqaror kelajak uçun umumiy nigoh» degan boş ğoyasini töliq qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

Prezident mazkur uçraşuv ötgan yili Samarqand iqlim forumida boşlangan muloqotning mantiqiy davomi ekanini ta’kidlab, Markaziy Osiyo davlatlarining ekologik diplomatiyasi tizimli va izçil tus olib, sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilayotganidan mamnunligini ta’kidladi.

Özbekiston yetakçisi bugungi kunda ekologik muammolarni global iqlim özgarişlaridan ayri holda körib çiqib bölmasligini qayd etdi.

«Global isiş sur’atlarining tezlaşişi davom etmoqda, Markaziy Osiyo mintaqasida esa harorat ikki barobar tezroq kötarilmoqda. Mintaqa muzliklarining qariyb uçdan bir qismi yöqoldi, yoğingarçilik tartibining beqarorligi kuzatilmoqda, suv resurslari tanqisligi ortib bormoqda. Yer maydonlarining 80 million gektari allaqaçon degradatsiyaga uçradi», – dedi davlat rahbari.

Global ekologik birdamlik zaiflaşayotganidan çuqur xavotir bildirildi. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqlim özgarişi bilan boğliq moliyalaştiriş, ilğor texnologiyalar va innovatsiyalardan öz vaqtida va adolatli foydalaniş imkoniyati bilan ta’minlanişi muhimligi ta’kidlandi.

Markaziy Osiyo davlatlari atrof-muhitni muhofaza qiliş masalalarini mintaqaviy hamkorlikning eng muhim ustuvor yönalişi darajasiga kötarişga muvaffaq bölgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Buni «yaşil» kun tartibini ilgari suriş, iqlim özgarişiga moslaşiş va atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça bir qator muhim, strategik ahamiyatga ega mintaqaviy dasturlar qabul qilingani ham tasdiqlamoqda.