Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: Qo‘qon shahri vodiyning «savdo va transport-logistika markazi»ga aylantiriladi
Farg‘ona viloyatida kelgusi besh yilda xizmat ko‘rsatish hajmi 2,5 barobar oshadi va 50 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Buning uchun savdo, transport, tibbiy turizm, Ay-Ti, yo‘lbo‘yi infratuzilmasi drayver yo‘nalishlar sifatida belgilanadi.
O‘zining ulgurji bozorlari bilan mashhur Qo‘qon shahri yagona konsepsiya va zamonaviy infrastruktura asosida vodiyning “savdo va transport-logistika markazi”ga aylantiriladi. Xususan, yangi barpo etiladigan savdo-logistika markazi “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi korxonalari uchun xizmat qiladi.
Viloyat hududidan o‘tuvchi “Toshkent – O‘sh” yo‘nalishidagi A-373 magistral yo‘li bo‘yida yangi 300 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etiladi.
So‘nggi yillarda xususiy tibbiy xizmatlar 3 barobarga oshganini hisobga olib, vodiy va qo‘shni davlatlar aholisi uchun sifatli xizmatlar ko‘rsatuvchi Farg‘ona tibbiyot klasteri faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shu o‘rinda, kelgusi besh yilda Rapqon, Chimyon, Qiziltepa qishloqlaridagi ma'danli suv zaxiralari atrofida 20 ta yangi sihatgoh barpo etiladi, mavjud tibbiy kurort va sanatoriylar infratuzilmasi yangilanadi.
Farg‘ona shahrida yaponiyalik hamkorlar bilan birga xorijiy tillarni biladigan Ay-Ti mutaxassislar tayyorlanib, yirik kompaniyalar uchun Ay-Ti dasturlar ishlab chiqishga buyurtmalar bilan ta'minlanadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
08:25 / 18.03.2026
Farg‘ona va Navoiyda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
14:12 / 17.03.2026
Qo‘qonning “Tayson”i: Farg‘onada erkak bozor nazoratchisining qulog‘ini tishlab, uzib olgani uchun qamaldi
22:30 / 15.03.2026
Farg‘onada ayrim bolalar o‘yinchoqlari savdodan olib tashlanmoqda
16:10 / 11.03.2026