Şu boisdan boğbonlar kurtaklarni asraş uçun turli usullarni qöllaşmoqda. Kun.uz muxbiri Farğonaning Quva tumanida bölib, boğbonlar ayni paytda nimalar qilayotgani bilan tanişdi, niholni sovuqdan asraş böyiça eng maqbul yeçimlar haqida boğbonlarning maslahatlarini oldi.

Özgidromet 10-12 mart kunlari respublika hududlarida haroratning -8 darajagaça pasayişidan ogohlantirgandi. Bu noodatiy ob-havo endigina uyğongan kurtaklarni va joriy yildagi hosilni nobud qilişini anglatadi. Şu boisdan boğbonlar kurtaklarni asraş uçun turli usullarni qöllaşmoqda.

Farğona viloyati Quva tumani Tolmozor qişloği. Adirlikdagi boğlarda asosan örik daraxtlari. Boğbonlar bahor injiqliklariga doim sabrli va bu uç kunlik sovuqqa ham jiddiy tayyorgarlik körişgan.

Daraxtlar asosan sellofan bilan yopinçiq usulida örab çiqilgan. Boğ oralarida xaşak, tezak yoki avtomobil şinalari tutatib qöyiladi. Tsellofan sovuq şamoldan tössa, boğ orasidan kötarilayotgan tutunni özida uşlab havoni mö’tadillaştirişga yordam beradi va şu yöl bilan daraxtlar sovuqdan asraladi.

Qirlikda suv bölmagani bois asosan şu usul bilan sovuqdan asraladi.

«Boğimiz 5 gektar, unda turli navdagi örik daraxtlarimiz bor, sellofan bilan örab çiqdik hammasini, ança mablağ ketdi. Buning uçun çorvalarimgaça sotdim. Bu harakatlarimiz bilan hosilning nari borsa yarmini asrab qola olamiz, şu işni qilmasak bir yilimiz bekor ötadi» deydi boğbon Muhammadjalil Teşaboyev.