Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Suriyadan AQSh va Rossiya ketmaguncha ketmaydi – Erdo‘g‘an
Turkiya harbiylari Suriyada boshqa davlatlarning qurolli kuchlari qolar ekan, Suriyani tark etmaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo‘g‘an ma'lum qildi, deb xabar berdi NTV telekanali.
Erdo‘g‘anning aytishicha, Anqara mintaqada terrorchilar qolar ekan, u yerdan ketmaydi, Suriyadagi operatsiya esa ikki davlat o‘rtasida 911 kilometrlik umumiy chegara borligi bilan bog‘langan.
“Biz boshqa davlatlar ketganidan keyingina ketamiz. Rossiyada ham, AQShda ham, Eronda ham Suriya bilan umumiy chegara yo‘q”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
U Anqara Suriyaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qilgan.
Turkiya yetakchisi, shuningdek, AQShni kurd otryadlarini olib chiqish bo‘yicha va'dalarni bajarmayotganlikda aybladi. Uning ta'kidlashicha, AQSh qo‘shinlari kurd jangarilari bilan birga Ras-al-Ayn va Qamishli shaharlari o‘rtasidagi hududda patrul nazoratini olib bormoqda.
Mavzuga oid
11:13 / 10.02.2026
Fidan Turkiya yadroviy poygaga qo‘shilishini istisno qilmadi
18:35 / 08.02.2026
Bashar Asad hokimiyat tepasidagi so‘nggi kunlarini o‘yin o‘ynab o‘tkazgan - OAV
10:04 / 31.01.2026
Suriya hokimiyati va kurdlar keng qamrovli kelishuv tuzdi
19:30 / 21.01.2026