Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro islom madaniyati poytaxti bo‘ladi
Foto: Flickr
2007 yilda ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni uch Islom madaniyati poytaxtlaridan biri sifatida e'lon qilgan edi.
Islom madaniyati poytaxtlarini e'lon qilish dasturi ISESCO tomonidan 2001 yilda ma'qullangan va har yili uch islomiy mintaqa — arab olami, Afrika va Osiyoda uchta poytaxt tanlanishini nazarda tutadi. Islom madaniyati poytaxti har ikki yilda bir marta tashkillashtiriluvchi, islom davlatlari madaniyat vazirlarining konferensiyasini o‘tkazish majburiyatini oladi. Poytaxt sifatidan tanlangan shaharda yil bo‘yi islom merosi va madaniyati taqdimotiga yo‘naltirilgan turli tadbir va voqealar bo‘lib o‘tadi.
Islom hamkorligi tashkiloti (IHT) ga a'zo davlatlar madaniyat vazirlarining 9-anjumani qaroriga ko‘ra, 2020 yilda Islom madaniyati poytaxti sifatida Buxoro (O‘zbekiston), Qohira (misr) va Bamako (Mali) shaharlari tasdiqlangan, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati.
«Buxoro shundoq ham bir necha asrlardan buyon islom madaniyati poytaxti sifatida namoyon bo‘lib kelmoqda. Musulmon olamida Buxoro bejizga «Qubbatul Islom» va «Gumbazi Islom» deb sifatlanmaydi, bu arabcha va forschadan tarjima qilinganda Islom gumbazi degan ma'noni beradi. Shaharning islom madaniyati poytaxti o‘laroq e'tirof etilishi shahar va unda yashab o‘tgan olimlarning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasining yana bir tasdig‘i sifatida baholash mumkin», — deb yozadi Toshkent islom universitetining ISESCO islom tamaddunini o‘rganish maxsus kafedrasi o‘qituvchisi A'zamjon Abdurahmonov.
Mavzuga oid
22:23
Buxoroda Osiyo xotin-qizlari II forumi o‘tkazildi
19:30
Saida Mirziyoyeva Osiyo xotin-qizlari ikkinchi forumida ishtirok etdi
17:40 / 30.04.2026
Buxorodagi tarixiy majmua oldida noqonuniy targ‘ibot: MMA turniri bannerida onlayn qimor o‘yini logotipi ham bor
09:15 / 30.04.2026