Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Dohadagi operatsiya uchun to‘liq mas’uliyatni o‘ziga oldi. Qatar ushbu hujumni «qo‘rqoqona» deb atadi
Qatar tashqi ishlar vazirligi «bu qo‘rqoqona hujumni qat’iy qoralashini» bildirdi. HAMAS rasmiylariga ko‘ra, guruh a’zolariga shikast yetmagan, ular Trampning sulh taklifini muhokama qilish uchun yig‘ilgandi. Netanyahu idorasi hujumni o‘zi o‘tkazganini bildirdi.
Foto: Reuters
Qatar tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Majid Al-Ansariga ko‘ra, zarba HAMAS siyosiy byurosining bir necha a’zolari istiqomat qilayotgan turar-joy binolariga berilgan.
«Bu jinoyatkorona hujum barcha xalqaro qonunlar va me’yorlarni ochiqchasiga buzish bo‘lib, Qatar fuqarolari va rezidentlarining xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi», deyiladi bayonotda.
«Qatar davlati ushbu hujumni qat’iy qoralagan holda, Isroilning mintaqa xavfsizligini izdan chiqaruvchi bu beparvo harakatlariga hamda uning Qatar xavfsizligi va suverenitetiga qaratilgan har qanday xatti-harakatlariga mutlaqo toqat qilmasligini bildiradi. Hozirda eng yuqori darajada tergov ishlari olib borilmoqda, qo‘shimcha tafsilotlar imkon qadar tez e’lon qilinadi».
HAMAS rasmiylarining Al-Jazeera'ga aytishicha, Dohada sulh taklifini muhokama qilayotgan yig‘ilishdagi barcha a’zolar Isroilning suiqasdga urinishidan omon qolgan.
Manbaga ko‘ra, Isroil zarbalari aynan Dohada Trampning sulh taklifini muhokama qilayotgan guruh amaldorlariga qaratilgan bo‘lgan.
Isroil Dohadagi operatsiya uchun to‘liq mas’uliyatni o‘ziga oldi.
«Bugungi HAMASning eng yuqori darajadagi rahbarlariga qarshi amalga oshirilgan operatsiya to‘liq mustaqil Isroil amaliyoti bo‘ldi. Isroil uni boshladi, Isroil uni o‘tkazdi va Isroil unga to‘liq mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi», deyiladi bosh vazir idorasi bayonotida.
Holat bo‘yicha, AQShning Dohadagi elchixonasi bayonot berib, «elchixona o‘z binolarida joyida qolish tartibini joriy qilgani»ni bildirdi.
9 sentabr kuni tushdan keyin Qatarning Doha shahrida bir nechta portlash ovozlari eshitilgani xabar berilgandi.
Axios muxbiri Barak Ravid Isroil rasmiylariga tayanib, Dohadagi portlash HAMAS rasmiylariga suiqasd ekanini aytdi.
Shuningdek, Isroil harbiy-havo kuchlari ayni daqiqada HAMAS rahbariyatiga aniq zarba berganini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
13:42 / 05.12.2025
Isroil «Yevrovideniye-2026»da qatnashadi, qator davlatlar tanlovni boykot qiladi
15:51 / 02.12.2025
Netanyahu qanday ayblovlar uchun afv so‘ramoqda va buning imkoni bormi?
13:59 / 02.12.2025
“Netanyahu uchun qulay siyosiy fon yaratilyapti” - Farhod Karimov
08:29 / 01.12.2025