AQŞ Davlat departamenti vakili Tommi Pigott 15 may kuni X ijtimoiy tarmoğida yozişiça, kelişuv Vaşingtonda bölib ötgan muzokaralar çoğida qabul qilingan.
Amaldagi sulh rejimi 17 may kuni yakunlanişi kerak edi. Pigottning ma’lum qilişiça, Isroil va Livan diplomatlari örtasidagi muzokaralar AQŞ Davlat departamenti vositaçiligida 2–3 iyun kunlari yana davom ettiriladi.
Şuningdek, 29 may kuni Pentagonda ikki davlat harbiylari örtasida maslahatlaşuvlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
“Uşbu muhokamalar ikki davlat örtasida mustahkam tinçlikka erişiş, suverenitet va hududiy yaxlitlikni özaro tan oliş, şuningdek umumiy çegara böylab haqiqiy xavfsizlikni ta’minlaşga xizmat qiladi, deb umid qilamiz”, — deb yozdi Pigott.
14 aprel kuni Vaşingtonda 1993 yildan beri ilk bor Isroil va Livan vakillari örtasida töğridan töğri muzokaralar bölib ötgan edi. Unda ikki davlatning AQŞdagi elçilari iştirok etgan.
Uçraşuv yakunlariga köra, tomonlar tinç yöl bilan kelişuvga erişiş böyiça töğridan töğri muloqotni boşlaş tomon qadam taşlagani ma’lum qilingan.
16 aprel kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Isroil va "Hizbulloh" örtasida sulh tuzilganini e’lon qilgan, keyinroq esa uning uzaytirilişini ma’lum qilgan edi.
Şundan keyingi kunlarda esa tomonlar bir-birini otaşkesim rejimini buzişda ayblab kelayotgandi.
Isroil va Livan örtasidagi sulh 45 kunga uzaytirildi
AQŞ Davlat departamenti ma’lum qilişiça, Isroil va Livan örtasidagi öt oçişni töxtatiş rejimi yana 45 kunga uzaytirildi.












