Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda foyda solig‘i stavkasi 7,5 foizga tushiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kenges raisligiga nomzod Amanbay Orinbayevning taqdimotidagi takliflarni qo‘llab-quvvatlab, ular yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga Qoraqalpog‘istonda qo‘shimcha imtiyoz va yengilliklar berish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Jumladan, Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida:
- hudud uchun foyda solig‘i stavkasini 15 foizdan 7,5 foizga tushirish;
- aylanma soliq stavkasini Nukus shahrida 4 foizdan 2 foizga, tumanlarda 2 foizdan 1 foizga, olis hududlarda esa 1 foizdan 0,5 foizga pasaytirish;
- mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini 2 baravarga kamaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Bundan tashqari, joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun rejadagi 650 milliard so‘mga qo‘shimcha ravishda 200 milliard so‘m ajratiladi.

Agrar sohadagi masalalarni hal qilish bo‘yicha:
- yil yakuniga qadar 6 ming 620 gektar, kelgusi yilda 6 ming gektar paxta va g‘alla yerlarini qisqartirib, aholiga ijaraga berishni yo‘lga qo‘yish;
- ekin ekish xarajatlari uchun fermerlarga 200 milliard so‘m va dehqonlarga 50 milliard so‘m ajratish;
- suv ta’minotini yaxshilash maqsadida har bir quduqni burg‘ilash va ishga tushirish uchun 15 million so‘mgacha subsidiya ajratish va boshqa moliyaviy ko‘mak bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Mavzuga oid
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
18:23 / 22.08.2025