Namanganda 15 ming namozxonni sig‘dira oladigan "Yusufxon o‘g‘li Qosimxon" jome' masjidida ilk juma namozi ado etildi
Bugun, 19 mart kuni Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi "Afsonalar vodiysi" istirohat bog‘ida qad rostlagan "Yusufxon o‘g‘li Qosimxon" jome' masjidida ilk bor juma namozi ado etildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, noodatiy loyiha asosida bunyod etilgan ushbu masjidda bir vaqtning o‘zida 15 ming namozxon ibodat qilishi mumkin. Xonaqohning o‘ziga 4,5 ming kishi sig‘adi. Bugungi ibodatga 10 ming nafardan ziyod namozxon keldi.
"Bu dargoh viloyatdagi 189-masjid bo‘lib, bu yerda namozxonlar uchun barcha qulayliklar hozirlangan. Ushbu masjidda ilk bora o‘qilgan juma namozida bu kabi maskanlar ko‘plab bunyod etilishini niyat qildik", — deydi «Yusufxon o‘g‘li Qosimxon» masjidi imom-xatibi Musoxon Abbasiddinov.
Bu yerda bir vaqtning o‘zida 100 kishiga xizmat qiladigan tahoratxona ham bitkazildi, zamonaviy isitish va sovitish tizimlari o‘rnatildi.
20 ming kvadrat metr joyda qad rostlagan masjidning umumiy maydoni 4 gektarni tashkil etadi. Shundan 2 gektari 700 o‘rinli avtoturargoh uchun mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
20:05 / 12.09.2024
Hududlarda tadbirkorlar quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanmoqda. Vazirlik tomoshabinmi?
13:05 / 05.09.2024
Xitoy Namanganda misni qayta ishlash zavodini qurishi mumkin
17:08 / 30.08.2024
Toshkentdagi Mulla Xolmirza ota masjidi zamonaviy ko‘rinishda qayta qurilmoqda
10:27 / 20.08.2024