O‘zbekiston | 10:35 / 30.08.2021
14510
1 daqiqa o‘qiladi

«Har bir uy oldida kamida to‘rttadan daraxt ektiramiz» – Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekistonda daraxt ekish ko‘paytiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda ma'lum qildi.

“Ekologiya bo‘yicha vaziyat bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdim, bundan xabaringiz bor. Nega? Chunki shunga majbur bo‘ldik. Har bir uy oldida kamida to‘rttadan daraxt ektiramiz, ekmaganlarga majbur qilamiz, qonun yo‘li bilan shunday yo‘l tutamiz. Chunki avlodlarga munosib zamin qoldirishimiz shart.

Sizlar, shu davra qatnashchilari xalq orasidagi tashviqotchisizlar. Bugungi mukofotlar sizlarga katta mas'uliyat yuklaydi. Xalqimizga tushuntiring, targ‘ib qiling, shukr qilaylik, birlashaylik. Davlatning eng katta qudrati xalqining hamjihatligida”, deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bundan oldin, ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtayi nazaridan amaldagi qonunlar qayta ko‘rib chiqilishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid