Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva: «Ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtayi nazaridan amaldagi qonunlar qayta ko‘rib chiqiladi»
Ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtayi nazaridan amaldagi qonunlar qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Senat raisi Tanzila Norboyeva ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Senat oxirgi paytda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotlarini eshitib borishga alohida e'tibor beryapti.
“O‘tgan galgi majlisimizda daraxtlarning noqonuniy kesilishi bo‘yicha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining axboroti tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilib, qo‘mita faoliyati qoniqarsiz deb topilgan edi.
Xabaringiz bor, ushbu masala davlatimiz rahbari huzuridagi videoselektor yig‘ilishida ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Xususan, daraxtlar kesilishiga joriy qilingan moratoriy muddati 2024 yilga qadar uzaytirilishi va javobgarlik keskin kuchaytirilishi ta'kidlandi.
Shunday ekan, bu borada hammamiz mas'uliyatni kuchaytirib, natijaga ishlashimiz kerak. Ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtayi nazaridan amaldagi qonunlar qayta ko‘rib chiqiladi”, dedi Tanzila Norboyeva.
Senat raisining ta'kidlashicha, atrof-muhit muhofazasi, xususan daraxtlarni asrash, yashil hududlarni kengaytirish, chiqindilarni qayta ishlash kabi qator yo‘nalishlarda hududiy mutasaddilarning hisobotlarini muntazam eshitib borish orqali ularning faoliyatiga baho berish (kerak bo‘lsa, lavozimdan chetlashtirish) maqsadga muvofiq.
Mavzuga oid
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
20:11 / 25.06.2026
Tanzila Norboyeva mauntinbayk bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirokchilarini qutladi
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026