Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chet tillari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan maktablar uchun Prezident sovrini ta'sis etiladi
Maktablarning chet el mutaxassislarini jalb qilish xarajatlari mahalliy budjetdan, oliygohlarda esa o‘zining jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
Ixtisoslashgan maktablarga xorijdan mutaxassislar jalb etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev chet tillarini o‘qitishni takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektorda ma'lum qildi.
«Bir oy muddatda har bir ixtisoslashgan maktabga xorijiy, ayniqsa Osiyo davlatlaridan kamida 2-3 nafardan, oliygohlarga esa kamida 5 nafardan til egasi bo‘lgan malakali o‘qituvchilarni jalb qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqish lozim.
Maktablarning chet el mutaxassislarini jalb qilish xarajatlari mahalliy budjetdan, oliygohlarda esa o‘zining jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
Shuningdek, viloyat hokimlari keyingi o‘quv yilidan boshlab har bir tumanda tanlov o‘tkazib, kamida 2 nafardan ingliz tili va 1 nafardan boshqa chet tili o‘qituvchilari xorijda malaka oshirishini yo‘lga qo‘ysin. Qo‘shma korxonalarimiz bor, hamkorlarimiz, ularga taklif kiritilsa rozi bo‘lishadi», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bundan tashqari, joriy yildan boshlab chet tillari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish uchun Prezident sovrini ta'sis etiladi.
Bunda, tuman, shahar, viloyat va respublika darajasida maktablar o‘rtasida musobaqalar o‘tkaziladi.
Tuman va shahar bosqichida 1-o‘rinni olgan maktab 100 million so‘m, 2-o‘rin –75 million so‘m, 3-o‘rin – 50 million so‘mdan mukofotlanadi.
Viloyat bosqichida 1-o‘rin – 250 million so‘m, 2-o‘rin – 200 million so‘m, 3-o‘rin – 150 million so‘mdan taqdirlanadi.
Respublikadagi eng yaxshi maktab 500 million so‘m, 2-o‘rindagi – 400 million so‘m, 3- o‘rindagi – 300 million so‘mdan rag‘batlantiriladi.
Bundan tashqari, ushbu maktablarning direktorlari va chet tili fani o‘qituvchilari davlat mukofotlariga ham tavsiya etiladi.
Mavzuga oid
18:52 / 21.01.2026
“Teleportatsiya qiluvchi robot yasayman” – kattalardek fikrlayotgan 7 yoshli Solih
23:27 / 17.01.2026
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
09:39 / 31.12.2025
Nodavlat maktablarda o‘qiydiganlar ulushi 3 baravar oshiriladi
09:33 / 31.12.2025