Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusga qarshi vaksinalar tarkibida cho‘chqa yog‘idan olinadigan jyelatin bormi?
O‘z e'tiqodini mol-dunyosi, iste'mol qiladigan oziq-ovqati va hatto salomatligidan ham muhim sanaydigan dindor qatlam mavjud. Ularni juda to‘g‘ri tushunish mumkin. Zero, har kim hayotdagi prioritetlarni o‘zi belgilaydi. Bu masala nafaqat musulmon jamiyatlari, balki yahudiy dinidagilarni ham qiziqtiradi.
Odatda vaksinalarga preparatning tarkibini barqaror saqlab turish va tashish hamda saqlash jarayonida samaradorlikni ushlab qolish uchun cho‘chqa yog‘idan olingan jyelatindan foydalaniladi. Koronavirusga qarshi vaksinada ham shu kabi jyelatin bormi?
Ayrim kompaniyalar bir necha yil mobaynida cho‘chqa jyelatinidan xoli vaksinalar ishlab chiqarishga harakat qilishyapti. Masalan, Shveytsariyaning Novartis farmatsevtika kompaniyasi meningitga qarshi vaksinasiga cho‘chqa jyelatini qo‘shishdan voz kechgan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni va Malayziyaning AJ Pharma kompaniyasi ham shu yo‘lda mehnat qilishmoqda.
Koronavirusga qarshi vaksinalar pionerlari bo‘lmish Pfizer, Moderna va AstraZeneca kabi preparatlar formulalarida cho‘chqadan olingan jyelatin yo‘q. Lekin o‘z mahsulotlari tarkibini e'lon qilmagan vaksinalar haqida xavotirlar bor. Istaganlar Pfizer, Moderna va AstraZeneca vaksinalarining tarkibini ko‘rishlari mumkin.
Preparatlari tarkibini e'lon qilmay, dindorlarni xavotirga solgan uch kompaniya Sinovac, Sinopharm va CanSino Biologics mahsulotlari tarkibida cho‘chqadan olingan unsurlar bor-yo‘qligi haqida hali ma'lum qilishmadi.
Gamaleya tadqiqot instituti, Johnson & Johnson, Novavax va Bektop o‘z vaksinalarini cheklangan miqdorda foydalanish uchun chiqarishdi, lekin ular ham hali cho‘chqadan olinadigan jyelatin ishlatgani yoki yo‘qligi haqida bayonot berishmadi. Boshqa kompaniyalar orasida ham cho‘chqa jyelatinidan foydalanilgani haqida bayonot berganlari yo‘q. Zero, qolgan vaksinalar hanuz ishlanma jarayonida yoxud sinovdan o‘tkazilyapti.
Mavzuga oid
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
10:18 / 04.08.2025
YeK COVID-19'ga qarshi vaksinalar xaridi ma’lumotlarini ochiqlashdan bosh tortdi
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:00 / 04.02.2025