Yevropa Ittifoqi rasmiylari The New York Times (NYT) naşriga Yevropa Komissiyasi (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen va Pfizer Amerika farmatsevtika kompaniyasi direktori Albert Burlaning 2021 yil yanvaridan 2022 yil 11 maygaça bölgan davrda koronavirusga qarşi vaksina xarid qiliş böyiça yozişmalarini taqdim etişdan yana bir bor boş tortdi. YeK bu yozişmalar saqlanib qolmaganini da’vo qilmoqda.

«Yevropa Ittifoqi 2021 yil boşida Pfizer'ning 1,8 milliard dozagaça koronavirus vaksinasini sotib oliş böyiça kelişuvga erişgan, kelişuv qanday amalga oşirilganiga katta qiziqiş uyğondi», deb tuşuntiradi gazeta Yevropa Komissiyasiga sörovi sababini. Keyinçalik ma’lum bölişiça, fon der Lyayyen şartnoma böyiça muzokaralar çoğida farmatsevtika kompaniyasi boş direktori bilan messenjer ilovasida matnli xabarlar almaşgan.

«Komissiyaning javobi xabarlarni yöq qilgani yoki yöqotganligini, ularni ahamiyatsiz deb hisoblagani va ularni saqlaş majburiyati yöqligini nazarda tutgan», deb yozadi The New York Times özining yangi materialida. U bu matnli xabarlar haqiqatan ham borligini va «2021 yilning yozida» öqilganligini tasdiqladi. 

Yevropa Komissiyasi Pfizer farmatsevtika kompaniyasi rahbariyati bilan Yevropa Ittifoqiga COVID-19 vaksinalarini yetkazib beriş böyiça yozişmalariga oid sud işida yutqazdi. 14 may kuni Yevropa Ittifoqi sudi The New York Times gazetasining Bryusselning Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va Pfizer rahbariyati örtasidagi tegişli SMS xabarlarni naşr etişdan boş tortganiga e’tiroz bildirgan da’vosini qanoatlantirdi.