Jahon | 20:36 / 23.11.2017
8699
2 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada hasharotlardan tayyorlanadigan nonlar sotila boshlanadi

Foto: Fazer Bakeries Finland

Finlyandiyaning Fazer kompaniyasi 24 noyabrdan hasharotlar qo‘llangan holda tayyorlanadigan nonlarni sotishni boshlaydi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda
 
Kompaniyada ta'kidlanishicha, ushbu mahsulot dunyoda ilk shunday mahsulot bo‘ladi. Har bir nonga 70 ta chigirtka kerak bo‘ladi – ular maydalanib, unga qo‘shiladi. 

“Chigirtkalardan tayyorlanadigan non – yaxshi oqsil manbaidir, hasharotlar foydali bo‘lgan moy kislotalari, kalsiy, temir va vitamin V12’ga ega”, deb aytmoqda Fazer Bakeries kompaniyasining innovatsiyalar bo‘yicha direktori Yuxani Sibakov. Uning aytishicha, kompaniya “chigirtkali” non yaratish g‘oyasi ustida 2016 yil yozidan boshlab ish olib borgan va tegishli qonun qabul qilinishini kutgan.

1 noyabrda Finlyandiya Yevropaning bir qator davlatlari (Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Niderlandiya, Shveytsariya) ortidan hasharotlarni taomga qo‘llash uchun ularni ko‘paytirib, sotishga ruxsat berdi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid