Farg‘onadagi kanaldan chaqaloq jasadi topildi. Bosh prokuratura rasmiy ma'lumot berdi

Illyustrativ foto
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani IIB navbatchilik qismining 2019 yil 2 yanvar kuni soat 17:00larda bergan xabariga ko‘ra, Oltiariq tumani, “Sharq” MFY, Sharq tongi ko‘chasidan oqib o‘tuvchi So‘x - Shohimardonsoy kanalidan qiz jinsiga mansub shaxsi noma'lum chaqaloq murdasi topilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, murda suvdan chiqarib olinib, viloyat sud-tibbiy ekspertiza byurosi eksperti ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, murdaning ayol jinsiga mansubligi va unda tan jarohatlari (bo‘g‘ish, tashqi ta'sir natijasida o‘ldirish kabi belgilar) mavjud emasligi, shuningdek kindigi 3 sm.ni tashkil qilib, tibbiyotga xos bo‘lmagan usulda kesilgan va bog‘lanmaganligi aniqlangan.
Viloyat sud-tibbiy ekspertiza byurosining 2019 yil 2 yanvardagi dastlabki ma'lumotnomasiga ko‘ra, chaqaloq murdasi suvda taxminan 10 kun qolib ketganligi, ichki tana a'zolari tekshirilganda, uning oshqozonida sut qoldig‘i topilmagan, murdaning o‘lim sababi, tug‘ilganidan so‘ng yashaganligi, suvga tirik yoki o‘lgan holatda tushganligi kabi holatlar sud-gistologiya tekshiruvi natijasiga ko‘ra aniqlanishi qayd etilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tuman va shahar IIB, Tibbiyot hamda o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari keng jalb qilinib, chaqaloq va uning onasini shaxsini aniqlashga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.
Mazkur holat ustidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatilgan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47 / 02.05.2025
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25 / 02.05.2025
Mavzuga oid

17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?

12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi

19:52 / 24.04.2025
Farg‘onada 2 gektar yer maydonini 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

19:27 / 21.04.2025