Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «Muzeylar kvadrati» tashkil etiladi
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekistonda 9 ta yangi muzey tashkil etiladi, shulardan 7 tasi Samarqanddagi “Muzeylar kvadrati”da bo‘ladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.
Turizm va madaniy meros vazirligi hamda uning huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan Samarqand, Farg‘ona, Xorazm viloyati hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Samarqand shahrida “Muzeylar kvadrati” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
“Muzeylar kvadrati”da “Buyuk ipak yo‘li — O‘zbekiston va Xitoyning oltin merosi” ko‘rgazmasi, “Samarqand — O‘zbekiston va Rossiya mintaqalari madaniyatlari tutashuvi” ko‘rgazmasi, «Klassitsizm» muzeyi, Tarixiy fotosuratlar muzeyi, Zargarlik san’ati muzeyi, Badiiy ko‘rgazmalar zali, “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi filiallari sifatida an’anaviy liboslar muzeylari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, Qo‘qon shahrida «Qo‘qon» davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali sifatida Zamonaviy san’at muzeyi hamda Urganch shahrida O‘zbekiston zamonaviy san’at muzeyining filiali sifatida Lazgi muzeyi tashkil etiladi.
Qayd etilishicha, maqsad, O‘zbekiston san’atining jahon adabiy va madaniy muhitiga integratsiyasi, muzeylardagi tarixiy eksponatlarning o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni hamda xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy imijini mustahkamlash, muzey to‘plamlaridagi boy tarixiy hamda madaniy merosimizni zamonaviy san’at platformasida keng targ‘ib qilishdir.
Mavzuga oid
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025
Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
12:40 / 26.12.2025