Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi muhtasham “O’ZBEGIM” savdo va ko‘ngilochar markazi 1 yoshda

Andijon shahrining ramzlaridan biriga aylanishga ulgurgan “O‘zbegim” savdo va ko‘ngilochar markazi ish boshlaganiga bir yil to‘ldi. Shaharga tashrif buyurgan har qanday mehmon, albatta muhtasham “O‘zbegim” savdo va ko‘ngilochar markaziga tashrif buyurishi aniq.
Mazkur inshootda barcha qulayliklarni o‘zida mujassam etgan holda zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish kompleksi tashkil qilingan.
Markazda bir vaqtning o‘zida 4000 kishini qamrab olish imkoniyati mavjud. Jumladan, kompleksda xar xil xizmat turdagi restoran va kafelar, eng oxirgi texnologiya asosida kinoteatr zallari, zamonaviy bolalar o‘yingohi, oziq-ovqat, kiyim-kechak, maishiy buyumlar savdo majmualari mijozlar xizmatida.
Ayni paytda ushbu markazga bir kunda 15 mingdan ziyod kishi tashrif buyurayotgani undagi sharoitlar to‘kisligidan darak. Maskanda milliy taniqli brendlari bilan bir qatorda jahonga mashhur “Chilli- Mili”, “Tic-tac” xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.
“O‘zbegim” maskani o‘zining bir yoshni qarshilagan tavallud kunida aholi uchun bepul sovg‘alar, chegirmalar va turli bayram tadbirlari in'om etdi. Minglab mehmonlar sahnada taniqli estrada yulduzlari tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lib, raqslarga tushdilar.















Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:25 / 11.12.2025