DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan haydaldi - manba
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov lavozimidan olingan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Foto: Kun.uz
O‘tgan oyda Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd ushbu iste’fo sabablaridan biri ekani aytilmoqda.
64 yoshli Azizov DXX raisi lavozimida qariyb 5 yildan buyon ishlab kelayotgan edi.
Abdusalom Azizov 2005–2006 yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2006–2006 yillarda “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi raisi, 2006–2008 yillarda “O‘zneftmahsulot” raisi, 2008–2009 yillarda ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti, 2009–2017 yillarda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
U 2017 yil yanvar–sentabr oylarida ichki ishlar vaziri, 2017 yil sentabrdan 2019 yil fevralgacha mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Azizov 2019 yil 14 yanvar kuni general-leytenant harbiy unvonini olgan, bir oy o‘tib Ixtiyor Abdullayev o‘rniga DXX raisi etib tayinlangan. O‘sha yil iyulida O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidentligiga saylangan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

09:36 / 01.05.2025
Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi

17:03 / 28.04.2025
Bosh prokuratura, DXX va TIV vakillari migrantlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yig‘ilishda qatnashish uchun Rossiyaga ketdi

13:04 / 24.04.2025
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

10:53 / 22.04.2025