Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akon, Big Baby Tape, Irina Kayratovna va o‘n minglab tomoshabinlar - Pepsi Music Fest - yanada balandroq, yanada yorqinroq!
19-21 sentabr kunlari Toshkentda Pepsi Music Fest 2025 - yilning eng kutilgan an’anaviy musiqiy festivaliga aylangan jahon miqyosidagi tadbir bo‘lib o‘tadi. Yangi manzil - Central Asian Expo Uzbekistan (mo‘ljal - Yangi O‘zbekiston bog‘i) Pepsi Music Fest doirasida jahon darajasidagi yulduzlar sahnaga chiqadilar va bu safar tadbir yanada kengroq qamrovga ega.
Foto: Pepsi
Festival 19 sentabr kuni yangi avlod rep qahramoni Big Baby Tape’ning kuchli energiyasi bilan boshlanadi. Uning treklari bugungi kunda stadionlarni to‘ldirib, reytinglarni zabt etmoqda. O‘zbekistonlik tinglovchilar uchun bu kun alohida ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki sahnada tomoshabinlarning sevimli san’atkori Tohir Sodiqov ham sevimli taronalarni taqdim qiladi.

20 sentabr kuni mehmonlarni yilning eng qiziqarli oqshomi kutmoqda: soat 18:00 da tomoshabinlar Irina Kayratovna guruhining Beka va boshqa shu kabi o‘ziga xos xitlaridan bahramand bo‘ladilar. Mahalliy ijrochilardan esa xonanda Konsta o‘z treklari bilan chiqish qiladi.

21 sentabr kuni soat 18:00 da bo‘ladigan festivalning so‘nggi kuni unutilmas daqiqalarga boy bo‘ladi: O‘zbekistonda birinchi marta jahon sahnasi afsonasi Akon mehmonlarga eng sara qo‘shiqlarini taqdim etadi. Uning qo‘shiqlari millionlab qalblarni zabt etgan va barcha qit’alarda yangragan. Mahalliy xedlaynerlardan sahnada betakror Lola va DJ KING MACCARELA chiqish qiladi.
Pepsi Music Fest o‘zining boy tarixi bilan mashhur: o‘tgan yillarda Macan, Xcho, Willy William, Nicole Scherzinger yorqin chiqishlarini tomoshabinlarga taqdim etdilar. O‘tgan festival doirasida Toshkentdagi Hyatt Regency oldidagi maydonda 180 minggacha ishtirokchilar to‘plandi. Willy William’ning konserti haqiqiy raqs bayramiga aylandi, 20 mingta LED bilaguzukli yorug‘lik shousi esa festivalning ramziga aylanib, tomoshabinlarni hayratga soldi. Nicole Scherzinger - uning jozibasi, kuchli vokali va o‘zbek tilidagi ta’sirchan "Rahmat"i tomoshabinlar qalbida abadiy muhrlanib qoldi.
Bu yilgi festival yanada ko‘proq his-tuyg‘ularni va’da qilmoqda: dronlar shousi, ajoyib mushakbozliklar va, albatta, jahon darajasidagi san’atkorlarning chiqishlari. Pepsi Music Fest O‘zbekistonning jahon musiqa sanoati uchun jozibador markazga aylanib borayotganini yana bir bor isbotlaydi. Festivalga kirish bepul - Toshkent sizni 2025 yilning asosiy musiqiy tadbirida kutmoqda.
Mavzuga oid
19:00 / 24.09.2025
Toshkentda Pepsi Music Fest 2025 muvaffaqiyatli yakunlandi
19:00 / 04.09.2025
PEPSIMANIYA davom etmoqda!
12:00 / 20.08.2025
Pepsi yana oldinda – O‘zbekistonda 59,28 foiz ovozga sazovor bo‘ldi. Pepsi Taste Challenge 2025
19:00 / 05.05.2025