Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio paralimpiadasi: O‘zbekiston jami 19ta medal oldi
8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston musobaqa yakuniga bir kun qolganda umumiy hisobda 16-o‘rinda bormoqda.
O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Tokio shahrida o‘tayotgan paralimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi. Musobaqa davomida jami 19 ta medal qo‘lga kiritildi.
4 sentyabr kuni dastlab para-yengil atletikaning F54 toifasida Nurxon Qurbonova kumush medalga sazovor bo‘ldi. U 18,38 metr natija qayd etdi.
Qurbonova avvalroq yadro uloqtirish sektorida bronza medalini ham qo‘lga kiritgandi.
Kun yakunida para-tayekvondochi Guljanoy Naimova O‘zbekistonning Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtirokiga oltin medal bilan yakun yasab berdi.
Naimova Braziliya vakiliga qarshi kechgan bahsda 8:4 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medal sohibasiga aylandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarini 19 ta medal: 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza bilan yakunladi.
Ertaga, 5 sentyabr – paralimpiadaning yakuniy kunida 5ta sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘zbekistonlik sportchilar ishtirokisiz o‘tadi.
Ayni paytda O‘zbekiston umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egallab turibdi.

Mavzuga oid
18:15 / 13.09.2024
O‘zbekiston Paralimpiya harakatining oltin avlodisiz – Shavkat Mirziyoyev
17:53 / 12.09.2024
Prezident Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilarini davlat mukofotlari bilan taqdirladi
21:04 / 07.09.2024
Xitoy qatorasiga oltinchi marta Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozondi
16:39 / 06.09.2024