F37 klassida disk uloqtiriş böyiça finalda iştirok etgan Tolibboy Yöldoşev 57.28 metr natija qayd etib, oltin medalga sazovor böldi.

Uşbu dasturda iştirok etgan Qudratullaxon Ma’rufxöjayev esa 46.79 metr natija bilan 9-örinni egalladi.

Yöldoşev Parij-2024 Paralimpiadasida yadro uloqtiriş bahslarida bronza medalini qölga kiritgan edi.

Şu tariqa, Özbekiston delegatsiyasi yozgi Paralimpiya öyinlarida medallar sifati böyiça öz tarixidagi eng yaxşi natijasini yangiladi. Parij şahrida XVII yozgi Paralimpiya öyinlari yakuniga yetmagan bölsa-da, Özbekiston delegatsiyasi ayni paytning özidayoq 9 ta oltin, 6 ta kumuş va 5 ta bronza medal bilan öz tarixidagi eng yaxşi natijani yangilab ulgurdi. 

Eslatib ötamiz, vakillarimiz avvalgi turnirlarda ikki marta 8 tadan oltin medalga ega çiqişgandi.

Endilikda Özbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida Yaponiyani quvib ötib, 11-öringa çiqib oldi. Oltinlar soni böyiça Germaniya bilan bir xil natija qayd etilmoqda.