Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi haydovchilik guvohnomasi bo‘yicha eslatma bilan chiqdi
Foto: Iishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
Adliya vazirligi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibi haqida maxsus eslatma bilan chiqdi.
Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish shartmi?
Ha shart. 2020 yil 31 dekabrga qadar eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirilishi kerak.
Eski guvohnomada amal qilish muddati ko‘rsatilmagan yoki muddati hali tugamagan bo‘lsa-chi?
Eski namunadagi guvohnoma berilgan sanasidan va amal qilish muddatidan qat'i nazar, ko‘rsatilgan muddatgacha yangisiga almashtirilishi shart.
Qanday hujjatlar talab etiladi?
Fuqarolik pasporti, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni.
Qayerda almashtirish kerak?
Doimiy yashash joyidagi Davlat xizmatlari markazlari yoki markazda bunday xizmat mavjud bo‘lmagan hududlarda YHXBning tegishli bo‘linmalarida.
Qancha to‘lov to‘lanadi?
Eski guvohnomani yangisiga almashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi (hozirda 156 100 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.
Qancha muddatga beriladi?
Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.
Eski namunadagi guvohnomalari qachongacha haqiqiy hisoblanadi?
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 2021 yil 1 yanvargacha haqiqiy hisoblanadi.
Haydovchilik guvohnomasi belgilangan muddatda almashtirilmasa, nima bo‘ladi?
Eski guvohnoma bilan avtotransport vositasini boshqargan shaxslarga nisbatan ma'muriy javobgarlik chorasi qo‘llaniladi.
Yangi guvohnoma shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadimi?
Ha. Yangi namunadagi guvohnomaga egasining shaxsini tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berilgan.
Mavzuga oid
11:09 / 03.11.2025
Skuter va mototsikllarga “prava”ni qanday olish mumkin va bu qanchaga tushadi?
12:55 / 27.10.2025
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy darslarda qatnashish ixtiyoriy bo‘ladi
12:49 / 27.10.2025
Moped va skuter haydash uchun guvohnoma olish osonlashadi
09:09 / 14.10.2025