“Transport vositalarini boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 2026 yil 1 fevraldan boşlab “A” va “B” toifadagi transport vositalarini boşqariş huquqini oliş uçun talabgorlar haydovçilarni tayyorlaş böyiça majburiy öquv dasturining nazariy qismini mustaqil özlaştirişi mumkin böladi.

Bunda, talabgorlar:

  • öz ixtiyoriga köra nazariy bilimlarni oliş uçun öquv kurslarida (onlayn yoki oflayn şaklda) öqiydi yoxud mustaqil tayyorlanadi;
  • majburiy öquv dasturida belgilangan amaliy maşğulotlarni avtomaktablarda töliq bajaradi;
  • amaliy maşğulotlarda töliq qatnaşgandan söng, haydovçilik guvohnomasini oliş uçun nazariy va amaliy imtihonlarni topşiradi;
  • amaliy maşğulotlardan ötgani haqidagi ma’lumotnoma elektron tarzda şakllantiriladi.

Şuningdek, 2026 yil 1 fevraldan e’tiboran, “A” va “V” toifadagi transport vositalari haydovçilarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş öquv guruhlarini Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatida röyxatga oliş tartibi bekor qilinadi.

3 oy muddat içida yöl harakati qoidalari, transportni boşqariş xavfsizligi va boşqa yönalişlar böyiça zarur bilim va könikmalarni şakllantirişga kömaklaşuvçi elektron öquv materiallari işlab çiqilişi lozim. Bu materiallar barça uçun oçiq böladi.

Qarorga asosan, haydovçilik huquqidan mahrum etilgan şaxslarning transport vositalarini boşqariş huquqini oliş uçun öqitiş va imtihonlarni topşiriş böyiça alohida tartib joriy etilişi ham belgilandi. IIV bu tartibni 2 oy içida işlab çiqib, hukumatga kiritişi kerak.