Tramp Netanyahuga qarshi order tufayli XJSga sanksiyalar kiritdi
AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq Isroil bosh vaziri Netanyahuni hibsga olishga order bergan Haagadagi Xalqaro jinoiy sudga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olishga order bergani uchun javob tariqasida Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS)ga qarshi sanksiyalar joriy etish haqidagi farmonni imzoladi.
Tramp 6 fevral, payshanba kuni imzolagan farmonga ko‘ra, AQSh fuqarolari va ittifoqchilari, shuningdek, ularning oila a’zolariga nisbatan sud tergovlarini qo‘llab-quvvatlovchi XJS rasmiylari AQSh moliyaviy va viza cheklovlariga duchor bo‘ladi.
Hujjatda aytilishicha, XJS Qo‘shma Shtatlar va Isroilga qarshi «noqonuniy va asossiz harakatlar qilgan» va «qonuniy asoslarsiz yurisdiksiyasi haqida ma’lum qilib, AQSh va uning ba’zi ittifoqchilari, jumladan Isroil fuqarolariga qarshi dastlabki tergov boshlagan». Shundan so‘ng, Trampning so‘zlariga ko‘ra, sud «Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga asossiz orderlar» berib, «o‘z vakolatlarini yanada suiiste’mol qilgan».
Bundan tashqari, AQSh prezidentining ta’kidlashicha, na Vashington, na Isroil XJS yurisdiksiyasiga kirmaydi. Uning fikricha, Haagadagi sudning harakatlari Qo‘shma Shtatlar suverenitetiga tajovuz qiladi va mamlakatning milliy xavfsizlik va tashqi siyosat sohasidagi ishiga tahdid soladi.
AQSh Vakillar palatasi XJSga qarshi sanksiyalarni ma’qulladi
2024 yil iyun oyida AQSh Kongressining Vakillar palatasi Respublikachilar partiyasi ishlab chiqqan XJSga nisbatan sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson shundan so‘ng ushbu hujjat sudning Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olish uchun order berish haqidagi so‘roviga javob ekanligini ta’kidladi. «Qo‘shma Shtatlar Isroil tomonida qat’iy va xalqaro byurokratlarga Isroil rahbarlarini sodir etmagan jinoyatlari uchun sababsiz hibsga olish uchun order berishiga yo‘l qo‘ymaydi», — dedi siyosatchi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Britaniyaning Chagos arxipelagini Mavrikiyga topshirish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi
Jahon | 03:59
-
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
Jahon | 00:13
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
Mavzuga oid

23:06 / 01.04.2025
Demokrat Senatda Tramp siyosatiga qarshi 17 soat nutq so‘zladi

20:44 / 01.04.2025
Hindiston Trampning «ikkilamchi bojlar» tahdididan so‘ng Rossiya neftiga muqobil izlashni boshladi

19:49 / 01.04.2025
Donald Tramp uchinchi bor AQSh prezidenti etib saylanishi mumkinmi?

18:12 / 01.04.2025