Jamiyat | 14:53 / 11.12.2019
23397
1 daqiqa o‘qiladi
Diniy savollarga javob beruvchi Call markaz ish boshladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ibodatga doir shar'iy masalalarga telefon orqali javob berish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Musulmonlar idorasi matbuot xizmatiga ko‘ra, endilikda fuqarolar bu boradagi o‘z savollariga ushbu call markaz orqali javob olishlari mumkin.
Call markazning ish tartibi dushanba kunidan shanba kunigacha, soat 9:00 dan 17:00 gacha davom etadi (ibodat vaqtlari istisno qilinadi, dam olish kuni yakshanba).
78-150-33-44 telefon raqamlari orqali call markazga qo‘ng‘iroq qilinadi va fatvo bo‘yicha malakali mutaxassislardan javob olinadi.
Mavzuga oid
18:49 / 23.11.2023
Muftiyga yangi o‘rinbosar tayinlandi
16:54 / 23.08.2023
Bosh imom-xatiblar uchun malaka oshirish kurslari boshlandi
11:52 / 30.05.2023
“Fuqarolar o‘z dini ta’limotlarini o‘rganish huquqiga ega” – Musulmonlar idorasi “tarqatish mumkin bo‘lgan” manbalarni e’lon qildi
17:24 / 19.04.2023