13 noyabr kuni Özbekistondagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-xatib va noiblar iştirokida «Yil imomi – 2024» körik-tanlovining yakuniy bosqiçi bölib ötdi. Musulmonlar idorasining xabar berişiça, unda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri bosqiçlarida ğoliblikni qölga kiritgan 14 nafar imom domla özaro bellaşdi.

Musobaqa iştirokçilari Qur’oni karim qiroati va tafsiri, aqida, fiqh, Islom tarixi, hadis ilmlari, allomalar ijodiga oid savollarga javob bergan. Şuningdek, mehnat faoliyati davomida amalga oşirgan salmoqli işlari va OAVda e’lon qilingan ijodlarini namoyiş etgan.

Tanlov natijalariga köra, quyidagi iştirokçilar sovrinli örinlarga munosib deb topildi:

  • 1-örin – Namangan viloyati «Homiddin qori» jome masjidi imom-xatibi Muhammad Bobir domla Nasriddinovga I darajali diplom va Haj safari yöllanmasi;
  • 2-örin – Toşkent şahridagi «Firdavs» jome masjidi imom-xatibi Baxtiyor domla Sattorovga II darajali diplom va 16 mln söm pul mukofoti;
  • 3-örin – Toşkent viloyati «Çanoq» jome masjidi imom-xatibi Yoqub domla Buxarbayevga III darajali diplom va 13 mln söm pul mukofoti topşirildi.

Şuningdek, tanlovning «Yilning eng fidoyi imomi» Qoraqalpoğiston Respublikasi «Mulla Is’hoq» jome masjidi imom-xatibi Altinbek domla Zinullayev va Xorazm viloyati «Mirhoşim bobo» jome masjidi imom-xatibi Ollabergan domla Ğoyipovga nasib etdi.

Musobaqa yakunida Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy şayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari «Yil imomi – 2024» sohibiga Haj yöllanmasini topşirdi hamda xayrli duolar qildi. Tanlovning barça iştirokçilariga qimmatbaho sovğalar taqdim etildi.