O‘zbekiston | 14:50 / 24.01.2020
16099
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda beshta kodeks yangidan qabul qilinadi

«Sud-huquq sohasiga doir asosiy qonun va kodekslar bundan deyarli 20-25 yil oldin qabul qilingan bo‘lib, hozirgi davr talablariga mutlaqo javob bermaydi».

Shu boisdan, prezident Shavkat Mirziyoyevning fikricha, qator kodekslarni yangi tahrirda qabul qilish lozim.

«Parlament yaqin yillarda Fuqarolik, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijro, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarni yangidan qabul qilishi maqsadga muvofiq», – dedi davlat rahbari Oliy Majlisga murojaatnomasida.

Prezidentga ko‘ra, bu borada avvalo, tergov va sud amaliyotiga inson huquqlari sohasidagi ilg‘or standartlarni joriy etishga alohida e'tibor qaratish kerak.

«Qonunchilikni yangilashdan maqsad faqat qonun qabul qilish emas, aksincha, yangi qonunlar ertaga odamlarga qanday amaliy naf berishi, ularning hayotini qanday yengillashtirishi haqida bosh qotirishdan iborat bo‘lmog‘i lozim», – deb qo‘shimcha qildi Mirziyoyev.

Mavzuga oid