O‘zbekiston | 14:20 / 24.01.2020
14248
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev sud-huquq sohasida erishilgan eng katta yutuqni ma'lum qildi

«Sudyalarimizning adolatni va qonun ustuvorligini ta'minlash borasida oqlov hukmlarini chiqarayotgani, hech shubhasiz, sud-huquq sohasidagi eng katta yutug‘imizdir», – dedi prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida.

Ma'lum qilinishicha, so‘nggi uch yilda 1989 nafar, 2019 yilning o‘zida 859 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan.

Shuningdek, o‘tgan yili 3081 nafar shaxs sud zalidan ozod qilinib, 2623 nafar fuqaroga asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarilgan va o‘zgartirilgan.

«Men Prezident sifatida sudyalarning bu jasoratini va qat'iyatini bundan keyin ham to‘liq qo‘llab-quvvatlayman», – deb ta'kidladi davlat rahbari.

Mavzuga oid