Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Munir Mamadzoda: 190 davlatning 98tasi vaksinani o‘zi sotib oladi, qolganiga bepul beriladi
Joriy yilning 17 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “SOVID-19 bilan bog‘liq bugungi vaziyat, vaksinatsiya jarayonlariga tayyorgarlik” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Unda YuNICeFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzoda ham ishtirok etyapti.
Munir Mamadzoda
“Vaksinalar to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, COVAX’ning 190ta mamlakati 2021 yil birinchi yarmida aholi zaif qatlamlarini himoya qilish uchun vaksina dozalarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu davlatlarning 98tasi o‘zi vaksina sotib ola oladi. Qolgan 92tasi, shu jumladan O‘zbekiston ham vaksinalarni beg‘araz tarzda oladi.
AstraZeneca vaksinasi bo‘yicha juda ko‘p savollar bo‘ldi, nega asl ishlab chiqaruvchisi Yevropada bo‘lib, Janubiy Koreya yoki Hindistonda ishlab chiqarilayotgani tushunmovchiliklar keltirib chiqardi. Bu dunyoda keng uchraydigan amaliyot. Yirik kompaniyalar ishlab chiqarish quvvatlarini turli davlatlardan joylashtiradilar”, – dedi Mamadzoda.
Kun.uz muxbirining “Vaksinalarning barchasi bepul yetkazib beriladimi yoki faqat sinov doirasidagilarimi?” degan savoliga Munir Mamadzoda shunday qo‘shimcha qildi:
“COVAX doirasida hali hammaga ham beg‘araz vaksinalar yetkazib berilmadi. O‘zbekiston birinchilardan bo‘ldi. Hozir 2 250 000 dona rejalashtirilgan vaksinaning 660 000 donasini qabul qilib oldik. Qolganlari bo‘yicha yana muzokaralar davom etmoqda”, – dedi YuNICeFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari.
Mavzuga oid
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
10:18 / 04.08.2025
YeK COVID-19'ga qarshi vaksinalar xaridi ma’lumotlarini ochiqlashdan bosh tortdi
12:04 / 23.06.2025
YuNICeF: G‘azoda mojaro boshlanganidan beri 50 ming bola halok bo‘lgan yoki yaralangan
21:40 / 30.04.2025