O‘zbekiston | 11:29 / 10.06.2021
3398
1 daqiqa o‘qiladi

NDPIda talabalarga imtihon savoli keltirilmasdan faqat javob variantlari keltirilganligi yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoy tarmoqlarda Nukus davlat pedagogika instituti talabalari tomonidan yuborilgan foto e'lon qilingandi. Unda yakuniy nazorat imtihoni uchun berilgan test savoli keltirilmaganligi hamda faqat javob variantlari keltirilganligi ko‘rsatilgan.

NDPI matbuot xizmati yuqoridagi holat yuzasidan munosabat bildirdi. 

Ta'kidlanishicha, yakuniy nazorat imtihoni savoli institutning sirtqi bo‘limi biologiya ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun «Maktabda botanika» fanidan tuzilgan. Cavolda texnik nosozlik tufayli faqat variantlar ko‘rsatilganligi aniqlangan hamda xatolik darhol tuzatilgan.

NDPI matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda mazkur savol yuzasidan xatolik tuzatilguncha javob variantlaridan birini tanlagan talabalarga ushbu savol uchun ball beriladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti chet tillari fakulteti talabasida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) aniqlangani haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid