Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti çet tillari fakulteti talabasida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) aniqlangan. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.
Nukus şahar Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining xati asosida mazkur fakultet talabalari 27 maydan boşlab öqiş jarayonini onlayn (masofaviy) tarzda davom ettiradi.
Şuningdek, geografiya öqitiş metodikasi ta'lim yönalişi öqituvçisida «COVID-19» virusi aniqlangani sababli, uşbu ta'lim yönalişining 3-kurs talabalarining öqişi onlayn (masofaviy) tarzda olib boriladi, deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib ötamiz, oldinroq Beruniydagi 1-, 54-umumta'lim maktablari, Nukusdagi «Progress» ta'lim va rivojlantiriş maktabi va 34-, 15-sonli maktablarda ta'lim masofaviy şaklga ötkazilgan edi. Şundan keyin QQDUning koronavirus sabab masofaviy ta'lim şakliga ötkazilgan fakultetlari soni 6 taga yetdi. Yaqinda TATU Nukus filialida öqiş masofaviy şaklga ötkazilgandi.
















