O‘zbekiston | 08:50 / 01.05.2024
16631
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi

Jamol Nosirov sog‘ligi yomonlashgani munosabati bilan Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etishni so‘rab, ariza bilan murojaat qilgan. Qurilish vazirligida boshqarma boshlig‘i bo‘lgan Qurbon Tursunov shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Xalq deputatlari Buxoro shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, viloyatdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimi o‘rinbosarlari va mutasaddi xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va shahar faollari ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Viloyat hokimi Jamol Nosirovni Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi. 

«Keyingi paytda Jamol Nosirovning sog‘ligi yomonlashganligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Jamol Nosirov sog‘ligi yomonlashgani munosabati bilan Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etishni so‘rab, ariza bilan murojaat qildi», - dedi Botir Zaripov.

Ayni vaqtga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi issiqlik ta’minotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Qurbon Tursunov Buxoro shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan shahar kengashi deputatlari va faollari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Mavzuga oid