Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumanida takroriy o‘g‘irlik sodir etgan shaxslar qamoqqa olindi
2017 yilning 20 iyun kuni taxminan soat 10:30 da, Artur Nagimov Maratovich va Davron Abdullayev Mirzaxo‘ja o‘g‘li, o‘zganing mol-mulkini yashirin talon-toroj qilish maqsadida, Olmazor tumani hududida fuqaro Natalya Beglovaga (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli xonadonning kirish eshigi ochiqligidan foydalanib, unga tegishli “Samsung» rusumli televizorni o‘g‘irlaganlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (o‘g‘irlik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

A.M.Nagimov va D.M.Abdullayevlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Mavzuga oid
09:37 / 08.12.2025
Nigeriya: jangari guruh qo‘lidan 100 nafar maktab o‘quvchisi qutqarildi
12:02 / 22.10.2025
Luvrdan o‘g‘irlangan buyumlarning qiymati ma’lum qilindi
15:08 / 20.10.2025
«Atigi 7 daqiqada va bezbetlarcha» – Luvr muzeyidan «bebaho» zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
00:43 / 20.10.2025