Jahon | 00:43 / 20.10.2025
15627
2 daqiqa o‘qiladi

Luvr muzeyida misli ko‘rilmagan o‘g‘rilik sodir etildi

O‘g‘irlik yetti daqiqa ichida amalga oshirilgan. Talonchilar muzeyga avtokran narvoni yordamida oynani kesib kirishgan va voqea joyini skuterlarda tark etishgan.

Foto: Getty Images

Parijdagi Luvr muzeyidan sakkizta qimmatbaho eksponat o‘g‘rilab ketildi. Bu haqda Parisien nashri ma’lum qildi.

Fransiya madaniyat vazirligining bildirishicha, muzeydan Gollandiya qirolichasi Gortenziya de Bogarne va keyinchalik fransuz qirolichasi Mariya Amaliyaga tegishli bo‘lgan tillaqosh, marjon va sirg‘alar, fransuz imperatritsasi Mariya-Luizaga tegishli bo‘lgan zumrad marjon va sirg‘alar o‘g‘rilab ketilgan.

"O‘g‘rilik yetti daqiqa ichida amalga oshirilgan", - deb yozadi gazeta.

Nashrning yozishicha, muzey yaqinidan imperatritsa Yevgeniya de Montixoga tegishli bo‘lgan toj singan holatda topilgan.

Fransiya ichki ishlar vaziri Loran Nuniyesning aytishicha, talonchilar Luvrga avtokran narvoni yordamida oynani kesib kirishgan va o‘g‘irlikdan so‘ng skuterlarda voqea joyini tark etishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar guruhi to‘rt kishidan iborat bo‘lgan va Nuniyes ular chet elliklar bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid