O‘zbekiston | 19:38 / 19.09.2020
32036
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatidagi bir qancha hokimlar pnevmoniyadan davolanmoqda

Shahrixon tumani hokimi Hikmatillo Dadaxonov, Xonobod shahar hokimi Musaxon Mamadaliyev, Paxtaobod tumani hokimi Mahmudjon Bozorov va Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyevlar ham ayni paytda pnevmoniyadan davolanmoqda.

Kun.uz muxbiri ushbu xabarga oydinlik kiritish uchun Andijon viloyati hokimligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga murojaat qilgan.

Mutasaddilarning bildirishicha, Hikmatillo Dadaxonov viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida pnevmoniyadan davolanmoqda. Tegishli muolajalarni olib bo‘lgani sababli tez orada ish faoliyatiga qaytishi kutilmoqda.

Hikmatillo Dadaxonov

Ma'lumot uchun: Xonobod shahar hokimi Musaxon Mamadaliyev, Paxtaobod tumani hokimi Mahmudjon Bozorov va Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyevlar ham ayni paytda pnevmoniyadan davolanmoqda.

Mahmudjon Bozorov.
Musaxon Mamadaliyev.
Nazirjon O‘rinboyev.

Mavzuga oid