Jahon | 09:04 / 23.08.2025
6846
2 daqiqa o‘qiladi

Kanadada 400 bosh tuyaqush otib o‘ldiriladi

Fermada parranda grippi tarqalishi xavfi tufayli ularni tirik qoldirish maqsadga muvofiq emas deb topilgan.

Foto: REUTERS

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi hududidagi fermada parranda grippi tarqalishi xavfi tufayli 400 bosh tuyaqush otib tashlandi, deb yozdi The Washington Post. Bu haqda sud qarori qabul qilingan.

Ferma egalari Karen Espersen va Deyv Bilinski 2024 yil dekabr oyida bir nechta qush parranda grippi bilan kasallanib, nobud bo‘lganidan beri tuyaqushlarining hayoti uchun kurashmoqda. Shundan so‘ng, Kanada oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish agentligi qolganlarini yo‘q qilish to‘g‘risida buyruq chiqardi.

Tuyaqush egalarining so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda 36 kun ichida 69 bosh tuyaqush nobud bo‘lgan, bu jami parrandaning 15 foizini tashkil etgan. O‘lgan ikkita qush parranda grippiga tekshirildi va natijalar ijobiy bo‘ldi.

Avvalroq AQSh sog‘liqni saqlash vaziri kenja Robert Kennedi Kanada hukumatiga murojaat qilib, fan va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish manfaatlari yo‘lida qushlarni o‘ldirmaslikka, balki o‘rganishga chaqirgan edi.

Mavzuga oid