NBC News ma’lumotlariga köra, Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Xeylsuk jamoati aholisi törlaridan baliq ğoyib bölayotganidan şikoyat qila boşlaganidan söng, olimlar kameralar yordamida “aybdor”ni aniqlaşga muvaffaq böldi. Videoyozuvda böri maxsus qurilma bilan tör örtasidagi boğliqlikni tuşungan holda, törni işonç bilan sohilga tortib çiqarayotgani körinadi.
Ilgari bunday qobiliyatlar faqat maxsus joylar (qöriqxona yoki hayvonot boği)da saqlanadigan börilarda qayd etilgan edi. Endi esa olimlar yovvoyi börilar ham vaziyatni tahlil qiliş, xulosa çiqariş va inson yaratgan qurilmalardan öz manfaati yölida samarali foydalana olişini ilk bor hujjatlaştirdi.












