Yevropa Ittifoqi va Kanada duşanba kuni, 1 dekabrda, Ottavaning Security Action for Europe (SAFE) nomli Yevropa mudofaa dasturiga qöşilayotgani haqida e’lon qildi. Hajmi 150 mlrd yevroga teng SAFE fondiga kiriş huquqi kanadalik kompaniyalarga harbiy texnika sotib oliş uçun YeI kafolati ostida imtiyozli kreditlar oliş imkonini beradi.

«Biz birgalikda global xavfsizlik uçun hal qiluvçi bölgan uşbu davrda sanoatlarimiz orasida barqaror mudofaa ta’minot zanjirlarini yaratamiz», — deyiladi Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen va Kanada boş vaziri Mark Karnining qöşma bayonotida.

Mark Karni Kanada mudofaa xaridlari tizimini diversifikatsiya qiliş va mamlakatning Yevroittifoq bilan munosabatlarini mustahkamlaş niyatida ekanini ta’kidladi. «Kanadaning SAFE dasturida iştirok etişi imkoniyatimizdagi asosiy böşliqlarni yopişga, kanadalik yetkazib beruvçilar uçun bozorlarni kengaytirişga va Yevropa mudofaa investitsiyalarini Kanadaga jalb etişga xizmat qiladi», — dedi boş vazir.

Avvalroq SAFE dasturiga qöşiliş istagini Buyuk Britaniya ham bildirgan edi, biroq London talab qilingan kiriş badali miqdoriga rozi bölmagan.

Security Action for Europe fondi 2025 yil may oyida, Rossiya tomonidan kelayotgan tahdid kuçayib borayotgan bir şaroitda Yevropa mudofaa salohiyatini mustahkamlaş maqsadida taşkil etilgan. SAFE maqsadlari orasida, şuningdek, Yevropaning mudofaa sohasida AQŞga boğliqligini kamaytiriş va Ukrainaga yordam körsatiş ham bor.