Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Qohirada Al-Azhar bosh imomi bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva Qohiraga tashrifi doirasida Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti hay’ati yig‘ilishida ishtirok etdi va shu munosabat bilan dunyodagi eng nufuzli islom maskanlaridan biri bo‘lgan «Al-Azhar» majmuasining bosh imomi, shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashdi.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Kecha Qohira shahrida Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti hay’ati yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va «Al-Azhar» majmuasi bosh imomi, Misr bosh imomi shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda tinchlik, o‘zaro anglashuv va inson qadr-qimmatini yuksaltirish orqali «Insoniy birodarlik» mukofoti missiyasini amalda ro‘yobga chiqarishga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi. Insoniy birodarlik deklaratsiyasida belgilangan tamoyillarni saqlab qolish va yanada rivojlantirish, turli din va madaniyat vakillari o‘rtasida global hamkorlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlash zarurligi alohida qayd etildi.

Uchrashuv doirasida Al-Azhar bilan ta’lim, ilm-fan, talabalar va ulamolar almashinuvi, qo‘shma ilmiy dasturlar hamda qo‘lyozma manbalarni o‘rganish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari ham muhokama etildi.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva dunyodagi eng qadimiy masjidlardan biri hisoblangan «Al-Azhar» masjidini ziyorat qilish sharafiga muyassar bo‘lganini ma’lum qildi. Ziyorat chog‘ida bu maskanning islom sivilizatsiyasi va islom ma’rifatini taraqqiy ettirishda tutgan o‘rni yuksak baholandi.






Mavzuga oid
17:49 / 05.03.2026
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi tashkil etilgani bilan qutladi
10:01 / 27.02.2026
Saida Mirziyoyeva: Transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar boshlandi
18:33 / 07.02.2026
Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi
09:35 / 06.02.2026