Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumaniga yangi hokim tayinlandi
Mo‘ynoq tumani hokimining ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Bo‘zatov tumani hokimi bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumaniga Botirbek Ubbiniyazov hokim etib tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges xabar berdi.
16 noyabr kuni xalq deputatlari Bo‘zatov tumani kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi lavozimiga Ubbiniyazov Batirbek Ongarbayevichni tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. Taklif etilgan nomzodni tuman Kengashining deputatlari qo‘llab-quvvatladi.
Ubbiniyazov bugungi kunga qadar Mo‘ynoq tumani hokimining ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
Bo‘zatov tumaniga 2022 yil mart oyidan beri Kamol Allaniyazov hokimlik qilib kelgan.
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

22:01 / 25.01.2025
Qoraqalpog‘iston va Andijonda pul evaziga yer olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

17:49 / 09.01.2025