Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Toshkent – Rybache» poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Toshkent – Rybache» yo‘lovchi poyezdini ishga tushirish haqida kelishib oldi. Poyezd yozgi mavsumda harakatlanadi, xabar bermoqda «Qirg‘iztemirjolu».
Ayni damda tomonlar poyezd jadvali va tariflarni muvofiqlashtirishmoqda. Reyslar «O‘zbekiston temir yo‘llari» sostavlari bilan amalga oshiriladi.
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yo‘nalish Qozog‘iston hududi orqali o‘tadi.
Rybache – Qirg‘izistonning Issiq-Ko‘l viloyatida joylashgan shahardir. 1980-1992 yillarda shahar Issiq-Ko‘l viloyati markazi bo‘lgan hamda Issiq-Ko‘l deb nomlangan, 1993 yildan beri hozirgi nomiga ega. Shahar avtomobil, temir yo‘li va suv transporti bo‘yicha yirik o‘tkazgich sanaladi. Shahar orqali Qorako‘l viloyat markaziga ikkita yo‘l, shuningdek Norin viloyati va keyinchalik Xitoyga yo‘l o‘tadi. Temir yo‘lining yakuniy punkti Baliqchi «Issiq-Ko‘l» xalqaro aeroportidan taxminan 40 kilometrlik masofada joylashgan.
Mavzuga oid
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026