Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda iqtisodiyot va qurilish instituti ochiladi
Vazirlar Mahkamasining 26.08.2020 yildagi «Andijon iqtisodiyot va qurilish institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi 516-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi (OO‘MTV), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining Andijon shahrida Andijon iqtisodiyot va qurilish institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Norma’ning yozishicha, quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
- hududning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda iqtisodiyot va qurilish sohasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, raqobatbardosh oliy ma'lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- xorijiy yetakchi va nufuzli oliy ta'lim muassasalarining ilg‘or tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv va ilmiy-uslubiy ta'minotni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish;
- o‘quv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta'minlash maqsadida iqtisodiyot va qurilish sohasidagi tashkilotlar bilan birgalikda talabalar amaliyotini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash bo‘yicha maqsadli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini ro‘yobga chiqarish uchun zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash hamda o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
- Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi, muhr va blankalarga, mustaqil balansga hamda Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
- Institut OO‘MTV tizimida faoliyat yuritadi;
- Institutda ta'lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi;
- 2020/2021 o‘quv yili uchun Institutga kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari O‘zbekiston ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga asosan belgilanadi.
OO‘MTV ikki oy muddatda:
- Institut tuzilmasi oliy ta'lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlanishini ta'minlash;
- Institut ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralarini ko‘rish;
- Institutni tanlov asosida, shu jumladan respublika oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan Amaliy tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta'minlash;
- Institutda o‘quv-metodik jarayonning tashkil etilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish va boshqalar.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent davlat arxitektura-qurilish institutiga ta'lim va ilmiy jarayonlarni tashkil etishda, shuningdek faoliyatining boshqa yo‘nalishlarida ko‘mak berib borish vazifasi yuklandi.
Qaror bilan Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari, shuningdek uning moddiy-texnik-bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari belgilangan.
Andijon viloyati hokimligiga Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida jalb etiladigan malakali professor va o‘qituvchilarni xizmat uylari bilan ta'minlash topshirilgan.
Hujjat 27.08.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026
Andijondagi yashirin dori sexlaridan 10 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar musodara qilindi
16:36 / 21.03.2026