O‘zbekiston | 14:25 / 18.07.2024
6485
2 daqiqa o‘qiladi

Elektrosamokatchilarga soatiga 10 kilometrdan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlandi

Individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishi, trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalarida soatiga 10 kilometrdan oshmaydigan tezlikda, ular bo‘lmaganda esa yo‘l chetida soatiga 20 kilometr tezlikdan yuqori bo‘lmagan tezlikda harakatlanishi kerak bo‘ladi.

Foto: YOTO

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, tez tibbiy yordam mashinalari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar uchun alohida davlat raqamlari joriy etilmoqda.

Individual harakatlanish vositalarida (elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unisikllar, monog‘ildirak va boshqalar) 14 yoshdan kichik shaxslarning boshqarishi, piyodalar o‘tish joyida harakatlanish, odam tashish, telefondan foydalanish va boshqalar kabi bir qator taqiqlovchi choralar joriy etilmoqda.

Individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishi, trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalarida soatiga 10 kmdan oshmaydigan tezlikda, ular bo‘lmaganda esa yo‘l chetida soatiga 20 km tezlikdan yuqori bo‘lmagan tezlikda harakatlanishi kerak bo‘ladi.

Skuterlar va mopedlarning harakatlanishini (3.5.1), shuningdek, individual harakatlanish vositalarini boshqarishni (3.34) taqiqlovchi yangi yo‘l belgilari joriy etilmoqda.

Mavzuga oid