Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi faoliyati takomillashtiriladi
Foto: Dreamstime
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy davlat moliyaviy nazorati boshqarmalarida korrupsiya va vakolatlarni suiiste'mol qilish holatlarining sodir etilishini oldini olish, xodimlar orasida sog‘lom muhitni shakllantirish, xodimlarning shaxsiy va ishchanlik sifatlarini tizimli o‘rganish, ularning mas'uliyatini oshirish va mehnat samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilinishi mumkin.
Qaror loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 1 yanvardan byudjyet tashkilotlarida moliyaviy nazorat tadbirlarini ro‘yxatga olish kitobining elektron shaklini joriy qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yildan boshlab davlat moliyaviy nazorati jarayonida shaffoflikni ta'minlash maqsadida moliyaviy nazorat rejalari va natijalarini Moliya vazirligining veb-sahifasida joylashtirib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda, Davlat moliyaviy nazorati organlarining kadrlar zaxirasini sifatli shakllantirish maqsadida zamonaviy o‘qitish texnologiyalari asosida oliy ta'lim muassasalarining bakalavr va magistrlik yo‘nalishlarida davlat moliyaviy nazorati bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash ishlarini takomillashtirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 870-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
1. 8-bandda:
a) “a” kichik bandining ikkinchi – beshinchi xatboshilaridan “dastlabki” so‘zi chiqarib tashlanadi;
b) “j” kichik bandidan o‘n ikkinchi xatboshi chiqarib tashlanadi.
2. 17-band quyidagi tahrirdagi ikkinchi va uchinchi xatboshilari bilan to‘ldiriladi:
“Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalarida korrupsiya va vakolatlar suiiste'mol qilinishini oldini olish, xodimlar orasida sog‘lom muhitni ta'minlash, xodimlarning shaxsiy va ishchanlik sifatlarini tizimli o‘rganish, ularning mehnati samaradorligini oshirish, kadrlar zaxirasini sifatli shakllantirish maqsadida xodimlar malaka va amaliy ish tajribasini inobatga olgan holda egallab turgan lavozimidan past bo‘lmagan lavozimga, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan so‘ng, rotatsiya qilinadi.
Xodimlarni rotatsiya qilish mehnat qonunchiligiga rioya qilgan holda amalga oshiriladi”.
3. Quyidagi tahrirdagi 17-1-band bilan to‘ldiriladi:
“17-1. Bosh boshqarma xodimlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari, hududiy boshqarmalar boshlig‘i o‘rinbosarlari - bo‘lim boshliqlari, bo‘lim boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, sektor mudirlari, bosh mutaxassislar, bosh nazoratchi-taftishchilar, yetakchi nazoratchi-taftishchilar va nazoratchi-taftishchilar malakaviy talablar asosida ishga qabul qilinadi.”.
Mavzuga oid
10:25 / 25.11.2025
Avstriya biznes delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi
20:14 / 22.11.2022
O‘zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi
11:51 / 22.11.2022