O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida 2,6 mln doza AstraZeneca vaksinasini oladi
Vaksinaning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni tashkil etadi.
COVAX dasturi bo‘yicha koronavirusga qarshi vaksinalar kam va o‘rtacha daromadli 92 mamlakatga iyun oyigacha taqdim etiladi. Bu haqda YUNISEF saytida ma'lum qilindi.
"COVAX dasturi doirasida 18 mamlakat: Butan, Boliviya, Bosniya va Hersegovina, Kabo-Verde, Kolumbiya, Salvador, Gruziya, Maldiv, Moldova, Mongoliya, Peru, Filippin, Koreya Respublikasi, Ruanda, Janubiy Afrika, Tunis, Ukraina, G‘arbiy sohil hamda G‘azo birinchi bo‘lib 1,2 million doza Pfizer/Biontech vaksinasini oladi", - deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, vaksinaning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni tashkil etadi.
YUNISEF taqdim etgan jadvalga ko‘ra, O‘zbekiston 2 mln 640 ming doza AstraZeneca/Oxford vaksinasini oladi.
JSST koronavirusga qarshi vaksinalar teng taqsimlanishini ko‘zda tutuvchi COVAX dasturi doirasida 92 mamlakat uchun notijorat narxlarida vaksina yetkazib berilishini ma'lum qilgandi.
JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyyesus vaksina taqsimlanishi fevralda boshlanishini bildirgan, bu yil dastur doirasida ikki milliard doza vaksina yetkazib berish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:15 / 13.09.2024
JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
00:00 / 06.09.2024
Kongo mpox’ga qarshi vaksinaning birinchi partiyasini qabul qilib oldi
00:11 / 24.08.2024
Buyuk Britaniyada o‘pka saratoniga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
09:30 / 16.08.2024