O‘zbekiston | 08:57 / 30.06.2021
3117
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda valutafurush ushlandi

Buxoro viloyati Olot tumanida noqonuniy valuta almashtirish bilan shug‘ullangan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qorako‘l tumani Usmonshayx mahallasida yashovchi D.Z. Olot tumani Eski Olot mahallasida joylashgan avto-ehtiyot qismlar savdo do‘konida qonunga xilof ravishda valuta qimmatliklarini olish va o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanayotganda ushlangan.

U, o‘zga bir fuqarodan har bir AQSh dollarini 10540 so‘mdan hisoblab, 2900 dollarni 30 million 566 ming so‘mga sotib olgan vaqtda qo‘lga olingan. Ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro D.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid