Buxoro viloyati Olot tumanida propan gaz quyiş şoxobçasida yonğin yuz berdi.

Viloyat FVBga köra, voqea 23 may soat 21:15 larda Jayxunobod MFYda joylaşgan “Siroj serviz” MÇJga qaraşli şoxobçada röy bergan.

“Kamaz” avtomobiliga gaz quyiş vaqtida çaqnaş sodir bölib, yonğin kelib çiqqan. Voqea joyiga 2 ta yonğin ekipaji soat 21:19 da yetib borgan, soat 21:40 da yonğin batamom öçirilgan.

Qayd etilişiça, yonğinni öçirişga harakat qilgan fuqarolarning tan jarohati oliş holatlari qayd etilgan. Hozirda ular şifokorlar nazoratida, ahvollari yaxşi.

“Yonğin oqibatida heç qanday portlaş sodir bölmagan”, deyiladi boşqarma axborotida.

Yonğindan avtomobilning yon tomonidagi gaz quyiş agregatlari va suyultirilgan uglevodorod gazi qisman yongan.

Yonğin yoqilği quyiş vaqtida texnologik jarayonning buzilişidan kelib çiqqan, deb taxmin qilinmoqda.