Andijon tumanida, Uluğnor–Baliqçi avtomobil yöli böyida D.E., I.A. va boşqalar ikki nafar xaridorga 10 ming dollarni 105,5 mln sömga (1 dollar 10 550 sömdan) sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Holat yuzasidan D.E., I.A. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Bu haqda 26 mart kuni Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti ma'lum qildi. Tezkor tadbirni departament va DXXning Andijon tuman bölimlari ötkazgan.

Kuni keça Andijon viloyatining Baliqçi tumanida sabzavotçilikka ixtisoslaşgan yer maydonini 18 ming dollarga sotmoqçi bölgan fermer xöjaligi rahbari uşlangan edi.